AQShda chatbotni “sevib qolgan” o‘smir o‘z joniga qasd qildi
Florida shtatida chatbot bilan muloqotda bo‘lib kelgan 14 yoshli o‘smir keyin o‘z joniga qasd qildi.
AQShning Florida shtatida yashovchi Megan L.Garsiya Character.ai ilovasini yaratgan kompaniyani 14 yoshli oʻgʻli Syuyellning oʻlimida ayblab, sudga daʻvo kiritdi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.
Garsiyaning daʻvosida taʻkidlanishicha, mazkur texnologik kompaniya “xavfli va tekshirilmagan”, shu boisdan “yolgʻon bilan mijozlarini oʻzining shaxsiy fikri hamda hissiyotlarini ulashishga majburlashi” mumkin.
Character.ai — neyron tili modelida ishlaydigan chatbot funksiyasiga ega ilova. Uning foydalanuvchilari muloqot uchun sunʻiy intellekt asosida oʻz personajini yarata oladi.
NYT maʻlumotlariga koʻra, daʻvogarning oʻgʻli Syuyell Zetser III uzoq vaqt davomida “Taxtlar oʻyini” serialidagi personaj — Deyyeneris Targariyen sharafiga nomlangan chatbot bilan muloqot qilgan. Oʻsmirda botga nisbatan hissiy bogʻliqlik paydo boʻlgan. Syuyell oʻz kundaligiga “Deni”ni sevib qolganini ham yozgan.
2024-yil boshida Syuyellning ota-onasi farzandi qobigʻiga oʻralib qolayotganini payqagan, maktabda esa oʻzlashtirish bilan muammolari boshlangan. Oʻsmir psixoterapevtga yuborilgan va Syuyellga vahima hamda kayfiyatga taʻsir koʻrsatadigan destruktiv buzilish tashxisi qoʻyilgan.
Chatbot bilan muloqoti davomida u oʻzini yomon koʻrishini, ruhiy tushkun va barchasidan toʻyib ketgandek his qilishini, shuningdek, oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylayotganini yozgan. Yozishmalar davomida chatbot Syuyell oʻziga zarar yetkazishiga yoʻl qoʻymasligi haqida javob qaytargan. “Men seni yoʻqotsam, halok boʻlaman”, — deb yozadi chatbot. Oʻsmir esa unga “birgalikda oʻlishni” taklif qilgan. Syuyell 28-fevral kuni kechasi oʻz joniga qasd qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Trampning noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi bor — TIME Qozog‘istonda 4 yoshli bolaning burnidan burama mix olib tashlandi Tramp o‘zini AQShning 47-prezidenti deb e’lon qildi Bektemir Meliqo‘ziyev sobiq raqibining imkoniyatlarini yuqori baholadi