AQSh Kongressi koronavirus laboratoriyada ishlab chiqilganiga dalil topdi
Kongress a’zolari Uxanda SARS viruslarini o‘rganish bo‘yicha yetakchi tadqiqot laboratoriyasi mavjudligini ta’kidlagan.

AQSh Kongressi koronavirusning laboratoriya orqali kelib chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda AQShning qonun chiqaruvchi palatasi tomonidan hisobot e’lon qilindi.
Hisobotga ko‘ra, AQSh Kongressi a’zolari tomonidan ikki yillik tekshiruvlari natijasida koronavirus katta ehtimol bilan laboratoriyada ishlab chiqilgani va sizib chiqish oqibatida tarqalgani haqida xulosa qilingan.
COVID-19 virusi, ehtimol, Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyada kelib chiqqan, deyiladi hisobotda.
Qonun chiqaruvchilar o‘z pozitsiyalarini himoya qilish uchun beshta asosiy dalil keltirgan. Ular virusning tabiatda uchramagan biologik xususiyatlarga ega ekanini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Kongress a’zolari Uxanda SARS viruslarini o‘rganish bo‘yicha yetakchi tadqiqot laboratoriyasi mavjudligini ta’kidlagan. Qonun chiqaruvchilarning fikricha, mazkur laboratoriya “biologik xavfsizlik darajasi yetarli bo‘lmagan” sharoitlarda tadqiqotlar o‘tkazish tarixiga ega.
Uxan virusologiya instituti tadqiqotchilari COVID-19’ni yovvoyi hayvonlar bozorida aniqlashdan bir necha oy oldin, 2019 yil kuzida aholi vakillari COVID’ga o‘xshash virus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan.
Ilm-fanning barcha mezonlariga ko‘ra, agar virusning tabiiy kelib chiqishiga oid dalillar mavjud bo‘lganda, ular allaqachon topilgan bo‘lar edi, deyilgan hisobotda.
Мавзуга оид хабарлар:
AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi AQSh O‘zbekiston fuqarolarini Panamaga deport qildi — NYT Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi
Soʻnggi yangiliklar







