Alisher Usmonov ARD telekanaliga qarshi sudda yutib chiqdi
Milliarder Alisher Usmonov Germaniyaning ARD telekanaliga qarshi sudda g‘alaba qozondi.
Gamburg sudi Germaniyaning ARD telekanali tomonidan milliarder Alisher Usmonov haqida tarqatilgan xabarni haqiqatdan yiroq deb topdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ARD telekanali Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) sudyalariga pora berish tizimini yaratganlikda ayblagandi.
Sud ARD telekanali tomonidan e’lon qilingan ma’lumotni ishonchsiz deb topdi va bu ma’lumotni “shubhaga asoslangan nomaqbul xabar” sifatida tarqatishni taqiqladi. Sud taqiqi buzilgan taqdirda, qoidabuzar har bir epizod uchun 250 ming yevrogacha jarima yoki qamoq jazosiga hukm qilinadi, deyiladi xabarda.
Alisher Usmonovning matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2022-2024 yillarda Yevropaning bir qator OAV, xususan Germaniya matbuoti birinchilardan bo‘lib, biznesmenga nisbatan o‘z ayblarini isbotlay olmaganliklarini tan olishgan va ularning noqonuniy tarqatilishini to‘xtatish bo‘yicha yozma majburiyatlarni imzolagan. Ayni paytda Usmonov foydasiga 30 ga yaqin shunday bayonotlar ma’lum qilingan.
Sud jarayonlari natijasida tadbirkorning advokatlari Yevropa ommaviy axborot vositalari tomonidan yolg‘on ma’lumotlar tarqatilishiga qarshi ko‘plab ko‘rsatmalarga ega bo‘ldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda sud raisi o‘rinbosari o‘zganing uyini o‘zlashtirib, sotib yubordi Surxondaryoda erkak oʻz onasini bolta bilan chopib oʻldirdi Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi