Alisher Usmonov ARD telekanaliga qarshi sudda yutib chiqdi
Milliarder Alisher Usmonov Germaniyaning ARD telekanaliga qarshi sudda g‘alaba qozondi.
Gamburg sudi Germaniyaning ARD telekanali tomonidan milliarder Alisher Usmonov haqida tarqatilgan xabarni haqiqatdan yiroq deb topdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ARD telekanali Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) sudyalariga pora berish tizimini yaratganlikda ayblagandi.
Sud ARD telekanali tomonidan e’lon qilingan ma’lumotni ishonchsiz deb topdi va bu ma’lumotni “shubhaga asoslangan nomaqbul xabar” sifatida tarqatishni taqiqladi. Sud taqiqi buzilgan taqdirda, qoidabuzar har bir epizod uchun 250 ming yevrogacha jarima yoki qamoq jazosiga hukm qilinadi, deyiladi xabarda.
Alisher Usmonovning matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2022-2024 yillarda Yevropaning bir qator OAV, xususan Germaniya matbuoti birinchilardan bo‘lib, biznesmenga nisbatan o‘z ayblarini isbotlay olmaganliklarini tan olishgan va ularning noqonuniy tarqatilishini to‘xtatish bo‘yicha yozma majburiyatlarni imzolagan. Ayni paytda Usmonov foydasiga 30 ga yaqin shunday bayonotlar ma’lum qilingan.
Sud jarayonlari natijasida tadbirkorning advokatlari Yevropa ommaviy axborot vositalari tomonidan yolg‘on ma’lumotlar tarqatilishiga qarshi ko‘plab ko‘rsatmalarga ega bo‘ldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi 2024-yilda qancha fuqaro tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Germaniyadagi Eronning barcha bosh konsulxonalari yopilmoqda