5 Fevral 2025, 13:15 Eksklyuziv, Iqtisod

Vaqtincha xorijda bo‘lib turgan pensionerlarga pensiya to‘lanadimi?

Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistondan vaqtincha chiqib ketgan pensionerlarga pensiya qanday to‘lanishini aytdi.

Vaqtincha xorijda bo‘lib turgan pensionerlarga pensiya to‘lanadimi?

O‘zbekistondan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmagan fuqarolarga pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi, deya xabar bermoqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.

“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.

Pensiya to‘lash, shuningdek, vafot etganda, pensiyaga huquqlar yo‘qolganda, xorijiy davlatdan pensiya (ijtimoiy nafaqa) olgani holati aniqlanganda yoki doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketganida, ozodlikdan mahrum etilganda (manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar bundan mustasno) to‘xtatiladi.

Tayinlangan pensiyani to‘lash qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatib turiladi.

Fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega. Bunda pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.

Mashhur yangiliklar