16 Dekabr 2024, 18:55 Eksklyuziv, Iqtisod

Tumanlarda mahalla bankirlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Mazkur bankir mahalla odamlari bilan gaplashib, ularning gʻoyalarini loyihalarga aylantiradi.

Tumanlarda mahalla bankirlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Tumanlarda mahalla bankirlari faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda prezident raisligida oʻtgan majlisda aytib oʻtildi.

Qayd etilishicha, mahalla bankirlari mahallaning biznes imkoniyatlarini oʻrganadi, odamlar bilan gaplashib, ularning gʻoyalarini loyihalarga aylantiradi. Aholini kredit olish, qaytarish, biznes ochish, mahsulotini sotishga oʻrgatadi, loyihalarga hamrohlik qiladi.

Umuman, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyat butun dunyoda milliy iqtisodiyotlarga taʼsirini oʻtkazayotgani qayd etildi. Bunday sharoitda mamlakatimiz moliya-bank tizimining barcha darajalarida moliyaviy intizom va shaxsiy masʼuliyatni kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Yigʻilish davomida iqtisodiy kompleks rahbarlarining hisobotlari, banklarning takliflari tinglandi, hududlardagi tadbirkorlarning ijobiy tajribasi koʻrib chiqildi.

Mashhur yangiliklar