To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga oshdi
2024-yilning o‘tgan 9 oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshib, 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshdi. Bu haqda 31-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.
Bu davrda pul o‘tkazmalari hajmi 11,62 milliard dollarni tashkil etdi (2023-yilning to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 8,4 milliard dollarni ko‘rsatgan). O‘zbekistonga eng ko‘p jo‘natilgan pul iyulda kelib tushgan — 1,78 milliard dollar. 10 oy ichida bu summa 12,5 milliard dollarni tashkil etdi.
MB rahbarining so‘zlariga ko’ra, Rossiyadan o‘tkazmalar 35 foizga — 8,75 milliard dollargacha o‘sdi, uning ulushi esa — 77 foizdan (birinchi yarim yil oxirida) 75,3 foizgacha kamaydi. Janubiy Koreyadan 420 million dollar (+76 foiz), Qozog‘istondan — 625 million dollar, AQShdan — 415 million dollar, Turkiyadan — 291 million dollar, Buyuk Britaniyadan — 93 million dollar (+67 foiz), Polshadan — 48 million dollar (deyarli 2 barobar o‘sish) kelib tushdi. BAAdan tushumlar 66 foizga oshdi (hajmi e’lon qilinmadi).
Мавзуга оид хабарлар:
Fuqarolarga beriladigan bank kartalari soniga limit qo‘ylishi mumkin Banklarda dollar kursi birinchi marta 12 925 so‘mga ko‘tarildi To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi 2027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 mlrd dollarga yetishi mumkin Markaziy bank 7 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi