To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi
U savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyat turini tasniflaydi.

Markaziy bank boshqaruvining «O‘zbekiston hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom MSS-kod tushunchasi bilan to‘ldirilmoqda. U savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyat turini tasniflaydi.
Banklar to‘lov terminallarini texnik jihatdan mijozga biriktirish paytida uning faoliyati turidan kelib chiqib MSS-kodlarini, terminal va to‘lov turi, mijozning identifikatsiya ma’lumotlari va to‘lov tizimi operatori qoidalarida belgilangan tegishli ma’lumotlarni bank axborot bazasiga kiritishi lozim.
Bunda mijozning faoliyat turi va tegishli ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, mijoz 3 bank ish kunida xizmat ko‘rsatuvchi bankiga tegishli ma’lumotni taqdim etadi va bank tomonidan 1 ish kuni mobaynida mijozga biriktirilgan terminal ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi Markaziy bank SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi O‘zbekistonda banklardagi omonatlar endi tezroq qaytarib beriladi Markaziy bank 10 ta bankni jarimaga tortdi O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
Soʻnggi yangiliklar







