11 Dekabr 2024, 18:41 Eksklyuziv, Iqtisod

Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi

Mamarizo Nurmuratov Markaziy Bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilgan.

Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi

Oliy Majlis Senatining kengashi prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy Bank boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetovni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Avvalroq Mamarizo Nurmuratov Markaziy Bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilgan edi.

Timur Aminjanovich Ishmetov, 1979 yilda tug‘ilgan, 2000 yilda Toshkent moliya institutining moliya-kredit fakultetini tamomlagan. 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishini tugatgan. Shuningdek, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy Bankda iqtisodchi sifatida boshlagan, u yerda turli lavozimlarda ishlagan. 2017−2019 yillarda Markaziy Bank raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019-2020 yillarda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2020-2022 yillarda Moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2022 yildan buyon davlat rahbarining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mashhur yangiliklar