28 Yanvar 2025, 08:18 Eksklyuziv, Iqtisod

“Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

Bunda loyiha kiritish bosqichi 1–20-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Saralash bosqichi esa 21-fevral–7-mart kunlari o‘tkaziladi.

“Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

“Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda loyiha kiritish bosqichi 1–20-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Saralash bosqichi esa 21-fevral–7-mart kunlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, targ‘ibot bosqichi 8–10-mart, ovoz berish bosqichi esa 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni eʼlon qilinadi.

“O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar