
Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bojlarining oqibatlari haqida gapirdi
Prezident jahon iqtisodiyotida favqulodda vaziyat yuzaga kelganini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni hududlarning hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Davlat rahbari tadbirlarni Donald Trampning import bojlari tufayli pasayishni boshdan kechirayotgan jahon iqtisodiyoti va savdosidagi vaziyat bilan boshladi. Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotda favqulodda holat yuzaga kelganini, xalqaro moliya bozorlarida uch-toʻrt kun ichida 10 trillion dollarlik zarar koʻrilganini aytdi.
“Bu tebranishlar bizga taʼsir qilmaydi, deb oʻylaganlar adashadi. Axir, bu mablagʻlarni bir qismi bizga investitsiya, kredit, yevrobond orqali kirib kelishi mumkin ediku!”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident hokimlar iqtisodiyoti ogʻir hududlar iqtisodiyotini kunlik tahlil qilib, ishlab chiqarish hajmi, ish oʻrinlari va eksportni saqlab qolish masalalarini tizimli hal qilib borishi zarurligini taʼkidladi.
Iqtisodiy kompleks mutasaddilariga har hafta tarmoqdagi muammolarni tahlil qilib, yangi takliflar kiritish, tuman va viloyat hokimlariga oʻz hududidagi tadbirkorlar muammolariga yechim topish topshirildi.
Soʻnggi yangiliklar







