OTB O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston hukumatiga 400 million dollar qarz ajratadi.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston hukumatiga 400 million dollar qarz ajratadi. Ushbu mablag‘lar mamlakat moliya bozorlarini mustahkamlash va barqaror bozorga yo‘naltirilgan energetika sektorini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
“Xususiy sektorning faol ishtiroki O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va transformatsiyasi uchun juda muhim ahamiyatga ega”, dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.
300 mln dollar miqdoridagi birinchi kredit energetika sohasini isloh qilish dasturining ikkinchi kichik dasturiga mo‘ljallangan. Bu mablag‘lar xususiy sektor investitsiyalarini rag‘batlantirish va sanoatning moliyaviy barqarorligini oshirishi kerak bo‘lgan energetika sohasi tuzilmasi, huquqiy-me’yoriy bazasi va boshqaruvini takomillashtirish uchun budjetni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
100 mln dollar miqdoridagi ikkinchi kredit “Moliya bozorlarini rivojlantirish dasturi” ikkinchi kichik dasturga qaratilgan. Ushbu kredit moliyaviy operatsiyalar va xizmatlar uchun muhitni yaxshilash, shuningdek, O‘zbekistonda kapital va pul bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha talab va taklifni boshqarish chora-tadbirlarini ko‘paytirishga qaratilgan normativ-huquqiy va institutsional islohotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston qariyb 1,5 mlrd dollarlik obligatsiyalarni jahon moliya bozoriga joylashtirdi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi Qashqadaryoda qarzdor fuqaro “samosud” qilindi OTB O‘zbekistondagi tug‘uruqxonalarni yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratadi
Soʻnggi yangiliklar







