
Oʻzbekistonning tashqi qarzi YIMning yarmidan koʻpini tashkil etdi
2025-yil boshidan buyon bu koʻrsatkich milliardlab dollarga oshdi.

Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi 64,1 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 55,7 foizni tashkil etdi.
Markaziy bankning 2024-yil yakunlari boʻyicha toʻlov balansi, xalqaro investitsion pozitsiya va tashqi qarz toʻgʻrisidagi hisobotidan maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistonning tashqi qarzi qariyb 33,9 mlrd dollarni, korporativ (xususiy) qarzi esa 30,2 mlrd dollarni tashkil etgan.
Davlat tashqi qarzining qoldigʻi hisoblangan, ammo toʻlanmagan foizlarni ham oʻz ichiga oladi. Maʼlum qilinishicha, 2025-yil boshidan buyon tashqi qarz hajmi rekord darajadagi 10,8 mlrd dollarga oshgan.
Yil davomida davlat qarzi 4,2 milliard dollarga, xususiy qarz esa 6,6 milliard dollarga oshdi. Besh yil ichida davlat tashqi qarzi 2,5 barobardan koʻproq – 24,6 mlrd dollardan 64,1 mlrd dollargacha oʻsdi.
Soʻnggi yangiliklar







