27 Fevral 2025, 19:14 Iqtisod

O‘zbekistonning davlat qarzi 40 mlrd dollardan oshdi

Davlat qarzining 33,7 mlrd dollari tashqi qarz, 6,48 mlrd dollari esa ichki qarzni tashkil etadi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 40 mlrd dollardan oshdi

2025 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonning davlat qarzi 40 mlrd 199 mln dollarni tashkil etdi. Tegishli ma’lumot Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy saytiga joylangan.

Davlat qarzining 33,7 mlrd dollari – tashqi qarz, 6,48 mlrd dollari esa – ichki qarzni tashkil etadi.

Davlat qarzi 2023 yilga nisbatan 5 mlrd 272 mln dollarga ko‘paygan. YaIMga nisbatan ulushi ham 0,6 foizga oshib, 34,4 foizdan 35 foizga yetgan.

Taqqoslash uchun, 2024 yilning 1 yanvar holatiga davlat qarzi 34 mlrd 927 mln dollarni tashkil etgan. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 5,3 mlrd dollarga yoki 15 foizga oshgan. Aholi jon boshiga hisoblaganda ham davlat qarzi 1070 dollarga yetgan.

Mashhur yangiliklar