
Oʻzbekistonlik sportchilar boks boʻyicha Jahon kubogini ishonchli gʻalabalar bilan boshladi
1 Aprel 2025, 18:092025-yilning fevral oyida O‘zbekistonga qiymati 44,8 mln dollarlik 2570 dona yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasining oylik hisobotida keltirilgan.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida 158,8 mln dollarlik 7 ming 252 dona yengil avtomobillar importi amalga oshirilgan.
O‘tgan bir yil davomida avtomobil importi qiymat jihatdan 3,5 barobarga, miqdor jihatdan esa 2,8 barobarga qisqargan.
Eng katta kamayish gibrid avtomobillar importida kuzatilgan – 21 barobar. Elektromobillar va benzinli yengil avtomobillar importidagi qisqarish esa mos ravishda 2 barobar va 2,8 barobar bo‘lgan.