7 Yanvar 2025, 13:44 Eksklyuziv, Iqtisod

Oʻzbekistondagi ikkinchi yirik bankni xususiylashtirish keyinroqqa qoldirildi

Bu va yana ikkita yirik davlat banklari aksiyalari 2025 yilda sotilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekistondagi ikkinchi yirik bankni xususiylashtirish keyinroqqa qoldirildi

27-dekabr kuni bir nechta davlat banklarini xususiylashtirishning soʻnggi muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi farmon imzolandi.

“Asakabank”, “Oʻzsanoatqurilishbank” (SQB) va “Aloqabank”dagi davlat ulushlarini sotish muddatlari 2025-yilga koʻchirildi. Prezidentning 2020−2025-yillarda bank tizimini isloh qilish strategiyasi boʻyicha farmoniga buni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

Mamlakatdagi ikkinchi yirik bank hisoblangan “Oʻzsanoatqurilishbank”dagi barcha davlat ulushini 2022-yil oxirigacha, keyinchalik esa 2023-yil oxirigacha savdoga chiqarish rejalashtirilgandi. Shundan soʻng 2024-yil oxirigacha xususiylashtirish orqali bankdagi davlat ulushini 50 foizdan kamaytirishga qaror qilindi, ammo bu amalga oshmadi.

Mashhur yangiliklar