O‘zbekistonda yil yakunigacha 10 trln so‘mlik asossiz xarajatlar maqbullashtiriladi
Yil boshida 20 ta yirik korxonada tannarxni 15 foizga pasaytirish bo‘yicha berilgan topshiriqqa ko‘ra, o‘tgan davrda xarajat 8,3 trillion so‘mga yoki 10 foizga kamaydi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida 2023-yilda tadbirkorlarga 90 trillion so‘m bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgani ma’lum qilindi.
Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati cho‘zib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi. Mutasaddilarga yil yakunigacha 10 trillion so‘mlik asossiz xarajatlarni maqbullashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.
Yil boshida 20 ta yirik korxonada tannarxni 15 foizga pasaytirish bo‘yicha berilgan topshiriqqa ko‘ra, o‘tgan davrda xarajat 8,3 trillion so‘mga yoki 10 foizga kamaydi. Bu ishlarni, ayniqsa, energetikada tizimli davom ettirish topshirildi.
Joriy yilda hududiy korxonalarda 164 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, o‘sish 8,6 foizni tashkil qildi. Xususan, 87 ta tumanda hududiy sanoat o‘sishi respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi. Lekin ayrim tumanlarda sanoat pasaygani, baʼzilarida deyarli o‘smagani ko‘rsatib o‘tildi.
To‘liq quvvatda ishlamayotgan 295 ta korxona faoliyati tiklanib, ishlab chiqarish hajmi 390 milliard so‘mga ko‘paydi. Viloyat hokimlari va mutasaddilarga yana 2 mingdan ortiq korxona muammosini hal qilib, yil yakunigacha ishlab chiqarish hajmini tiklash vazifasi qo‘yildi.
Umuman, barcha vazirliklar va viloyat hokimliklarida Barqaror rivojlanish markazlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, tannarxni kamaytirish, istiqbolli bozorlarga yo‘l ochish, hududlarda tadbirkorlar masalasini tez va shaffof hal qilishda 7 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi Argentinada soliq xizmati tugatildi O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilayotgan iPhone 16’lar ushlab qolindi O‘zbekistonda 8 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalanildi? O‘zbekistonda taksi haydovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni yarim milliondan oshdi