24 Dekabr 2024, 16:19 Eksklyuziv, Iqtisod

O‘zbekistonda qancha odam pensiya olishi malum qilindi

Pensiya jamg‘armasi 1 dekabr holatiga ko‘ra qancha odam pensiya olayotganini ochiqladi.

O‘zbekistonda qancha odam pensiya olishi malum qilindi
RYAZAN, RUSSIA. FEBRUARY 2, 2015. An old man fills in a document at an office of Russia’s Pension Fund in Ryazan. Alexander Ryumin/TASS Россия. Рязань. 5 февраля. Пенсионер в одном из отделений Пенсионного фонда России. Александр Рюмин/ТАСС

2024 yil 1 dekabr holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 96 ming 500 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona viloyatida bo‘lib, ular umumiy 484 ming nafarni tashkil etadi. Keyingi o‘rinni esa Samarqand viloyati egallagan, u yerda 435 ming nafar fuqaroga pensiyalar tayinlangan.

Reytingda pensiya oluvchilar soni bo‘yicha eng kam natijani Sirdaryo viloyati egallagan. U yerda jami pensiya oluvchilar soni 104 ming nafardan ortiqroq. Undan keyingi o‘rinlarda Navoiy (138 mingga yaqin) va Jizzax viloyatlari (139 ming) bor.

Qolaversa, O‘zbekistonda 3 mln 390 ming yoshga doir pensiya oluvchilar mavjud. Nogironlik pensiyasini oluvchilar esa 463 ming 900 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya oluvchilar soni 242 ming 500 nafardan ortiqroq.

Mashhur yangiliklar