13 Avgust 2024, 10:29 •Iqtisod
O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
O‘zbekistonda 1-sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.
Prezident “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi. Bunda:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi Keyingi yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartirildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatildi O‘zbekistonda texnikum direktorlari endi ochiq tanlov asosida tanlab olinadi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34