O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzildi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Qarorga ko‘ra amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlashga ma’sul ishchi guruh tashkil etildi.
Ishchi guruhga bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qiladi. Guruh tarkibidan iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, soliq qo‘mitasi raisi, adliya vaziri o‘rinbosarlari va Prezident administratsiyasi ikki mas’ul xodimi o‘rin oldi.
2025-yil 1-martta qadar ishchi guruh davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishi va kiritishi lozim.
Ishchi guruhga belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish huquqi beriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi