16 Aprel 2025, 12:10 Iqtisod

Oʻzbekistonda oltin narxi yana rekordni yangiladi

Shu sabab qimmatbaho metallarni uzoq muddatli investitsiyalar uchun sotib olgan maʼqul.

Oʻzbekistonda oltin narxi yana rekordni yangiladi

16-aprel kuni Oʻzbekistonda oltin oʻlchovli yombilar narxi oʻzining tarixiy maksimumini yangiladi, deya xabar bermoqda Markaziy bank.

Regulyator maʼlumotlariga koʻra, bir grammning narxi 1,413 million soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 5 grammlik oʻlchovli quymaning narxi 7 million soʻmdan oshdi. Shu bilan birga, Markaziy bank kotirovkalari boʻyicha qimmatbaho metall bir kun ichida 2,06 foizga oshdi, oylik oʻsish esa 9,9 foizni tashkil etdi. Yil boshidan buyon quymalar deyarli chorak baravarga — 24,8 foizga qimmatlashdi.

Oʻzbekistonda oʻlchovli quymalarning qimmatlashishi oltin fyucherslari qiymatining tarixiy maksimal darajasi yangilanishi fonida sodir boʻlmoqda. Bir troya unsiyasining narxi 16-aprel holatiga koʻra 3300 dollarga yetdi.

Mashhur yangiliklar