O‘zbekistonda olti oylik nafaqa to‘lovlari bo‘yicha maʼlumot berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga jami 8,7 milliard so‘mlik bir marta beriladigan moddiy yordam pulari tarqatilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2024-yilning yanvar–iyun oylarida aholiga qancha miqdorda nafaqa mablag‘lari to‘langanini maʼlum qildi.
Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston fuqarolariga nafaqalar uchun jami 7,7 trillion so‘m to‘lab berilgan. Shundan kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdori 4,3 trillion so‘mni (55,5 foiz) tashkil etgan.
Ijmoiy nafaqalar uchun 3,1 trillion so‘m (40,2 foiz), bir martalik nafaqa to‘lovlariga 313,4 milliard so‘m, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam uchun 6,5 milliard so‘m to‘lab berilgan. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga jami 8,7 milliard so‘mlik bir marta beriladigan moddiy yordam pulari tarqatilgan.
Respublika miqyosida eng ko‘p miqdordagi nafaqa pullarini Samarqand (945,7 milliard so‘m), Qashqadaryo (887,6 milliard so‘m) va Farg‘ona (843,4 milliard so‘m) viloyatlari aholisi olgan. Namangan (750,8 milliard so‘m), Surxondaryo (732 milliard so‘m), Andijon (747,7 milliard so‘m) viloyatlariga ham nisbatan ko‘p nafaqalar ajratilgan. Eng kam nafaqa mablag‘lari Navoiy (205 milliard so‘m), Sirdaryo (223,1 milliard so‘m) va Toshkent shahriga (281,3 milliard so‘m) yo‘naltirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Ijtimoiy himoya agentligiga yangi vakolat berildi Ijtimoiy himoya milliy agentligining vakolatlari kengaytiriladi