O‘zbekistonda o‘tgan oyda qancha ta’lim krediti ajratilgani ochiqlandi
Ma’lum qilinishicha, mazkur kreditlar bilan 1746 nafar talaba qamrab olingan.
O‘zbekistonda 2024-yil iyun oyi davomida 14,8 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli ta’lim kreditlari ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur kreditlar bilan 1746 nafar talaba qamrab olindi. Ushbu kreditlarning katta qismi, ya’ni 73 foizi xotin-qizlarga berildi — 1278 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalandi.
2024-yil may oyi davomida 45,4 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli ta’lim kreditlari ajratildi. Mazkur kreditlar bilan 6 302 nafar talaba qamrab olindi.
Qayd etilishicha, ushbu kreditlarning katta qismi, ya’ni 70 foizi xotin-qizlarga berildi — 4413 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalandi.
O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragi davomida imtiyozli taʼlim kreditlari uchun 183,8 milliard so‘m ajratilgan. Mazkur kreditlar bilan 22 ming 151 nafar talaba qamrab olingan. Kreditlarning katta qismi, yaʼni 80 foizi xotin-qizlarga berilgan — 17830 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahar IIBB talabalarni ogohlantirdi O‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida asosan qaysi davlatga bormoqda? Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi