4 Fevral 2025, 17:46 Eksklyuziv, Iqtisod

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

Statistika agentligi O‘zbekistonda 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymatini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

O‘zbekistonda 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Mashhur yangiliklar