Oʻzbekiston qariyb 1,5 mlrd dollarlik obligatsiyalarni jahon moliya bozoriga joylashtirdi
Obligatsiyalar — bu qarzga asoslangan moliyaviy instrumentlar boʻlib, davlat yoki kompaniyalar tomonidan pul yigʻish maqsadida chiqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasining umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard AQSh dollari ekvivalentidagi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
London shahrida 18–20-fevral kunlari AQSh dollari, yevro va soʻmda chiqarilgan obligatsiyalar uchun buyurtmalar qabul qilingan.
Buyurtmalarning umumiy hajmi 4,2 milliard dollarni tashkil etdi. Ular quyidagicha taqsimlandi:
AQSh dollari (7-yilga) – 500 million, yillik 6,95 foiz stavkada; Yevro (4-yilga) – 500 million yevro (525 million dollar), yillik 5,1 foiz stavkada; Soʻm (3-yilga) – 6 trillion soʻm (463 million dollar), yillik 15,5 foiz stavkada.
Obligatsiyalardan tushgan mablagʻlar 2025-yilgi davlat byudjeti taqchilligini qoplash, ipoteka dasturini moliyalashtirish va ijtimoiy obyektlarni qurish uchun yoʻnaltiriladi.
Yashil obligatsiyalar dasturi doirasida chiqarilgan yevro obligatsiyalari ekologik loyihalar, suv tejovchi texnologiyalar va sanitariya ishlarini moliyalashtirishga qaratiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi OTB O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi
Soʻnggi yangiliklar







