O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 41 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentyabr oyida 1,98 milliard dollarga oshib, 41,139 milliard dollarga yetdi.

Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentyabr oyida 1,98 milliard dollarga oshib, 41,139 milliard dollarga yetdi.
Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan beri o‘smoqda — iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda 1,75 milliard dollarga, sentyabrda esa 1,98 milliard dollarga oshgan. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik ma’lumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shuningdek, o‘tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 518,3 million dollarga oshgan — 8,19 milliarddan 8,709 milliard dollargacha. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi o‘zgarishsiz qolmoqda — 12 million troya unsiyasi (367 tonna). Oltin zaxiralari qiymati 1,46 milliard dollarga oshib, 30,4 milliard dollardan rekord darajadagi 31,86 milliard dollarga yetgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi Markaziy bank SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi O‘zbekistonda banklardagi omonatlar endi tezroq qaytarib beriladi Markaziy bank 10 ta bankni jarimaga tortdi O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
Soʻnggi yangiliklar







