11 Dekabr 2024, 13:15 Eksklyuziv, Iqtisod

O‘zbekiston ichki bozorda 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni mo‘ljallamoqda

Ohangaron mis klasterida OKMK misi asosida yarimo‘tkazgichlar va mikroelektron qismlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston ichki bozorda 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni mo‘ljallamoqda

Oʻzbekiston ichki bozorda 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni rejalashtirmoqda, shu maqsadda ushbu metalldan mahsulot ishlab chiqaruvchi klasterlar, texnoparklar va qoʻshma korxonalar tashkil etilmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo togʻ-kon sanoati” xalqaro kongressida togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari Ural Yusupov maʻlum qildi.

Vazir oʻrinbosari ana shunday loyihalardan biri Toshkent viloyatidagi Ohangaron mis klasteri ekanini aytdi. Uning negizida yarimoʻtkazgichlar, mikroelektron qismlar va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boshqa mahsulotlarni bosqichma-bosqich ishlab chiqarish koʻzda tutilmoqda. Ushbu loyiha uchun xomashyo Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidan (OKMK) yetkazib beriladigan mis hisoblanadi.

Iyunda OKMK 2031-yilga kelib mis ishlab chiqarishni soʻnggi yillardagi qariyb 150 ming tonnaga nisbatan 500 ming tonnagacha oshirish niyatida ekanini eʻlon qilgandi. Ushbu davrda korxonani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 15 milliard dollarni tashkil etadi.

Birinchi bosqichda (2021−2025) “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish natijasida katodli mis ishlab chiqarish 300 ming tonnaga koʻpayishi kutilmoqda, ikkinchi bosqichda (2024−2028) — 400 ming tonnagacha, uchinchi bosqichda (2026−2030) — 500 ming tonnagacha.

Mashhur yangiliklar