
O‘zbekiston fevral oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
Markaziy bank 12 tonna oltin savdosi bilan 8 tonna qimmatbaho metall sotgan Qozog‘istondan oldinga chiqdi. Polsha sof oltin xaridi bo‘yicha yetakchiga aylandi.

O‘zbekiston fevral oyida dunyoning eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotida keltirilgan.
Fevral oyida jahon markaziy banklarining oltin zaxiralari 24 tonnaga oshdi. Polsha 29 tonna qimmatbaho metall xaridi bo‘yicha yetakchilik qildi va bu ketma-ket 11-chi sof oltin sotib olish oyi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (5 tonna), Turkiya, Iordaniya (har biri 3 tonnadan), Qatar va Chexiya (har biri 2 tonnadan) joylashdi.
O‘zbekiston Markaziy banki 12 tonnalik sof oltin sotdi. Sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 8 tonna qimmatbaho metall savdosi bilan Qozog‘iston egalladi.
Yanvar oyida O‘zbekiston 8 tonna oltin bilan Xitoy va Qozog‘istonni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik oltin xaridoriga aylandi. O‘shanda qimmatbaho metalning asosiy sotuvchilari ro‘yxatiga Rossiya, Iordaniya (3 tonnadan) va Qirg‘iziston (2 tonna) regulyatorlari kiritilgandi.
Soʻnggi yangiliklar







