O‘zbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarga yetdi
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarga yetganini maʼlum qildi.
Joriy yil I yarmida O‘zbekiston davlat qarzi qoldig‘i 37 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda 5-sentyabr kuni o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov maʼlum qildi.
Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, 2024-yilning dastlabki yarmida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 33,2 foiziga teng bo‘lgan.
Hisobot davrida davlat qarzining qoldig‘i qariyb 37 milliard dollarni tashkil etdi. Shundan davlat tashqi qarzi 30,9 milliard dollar, ichki qarzi 6,1 milliard dollarga yetgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston davlat qarzi mo‘tadil darajada. Joriy yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston nomidan davlat kafolati ostida jami 2,8 milliard dollarlik tashqi qarz shartnomalari imzolangan.
Shuningdek, davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, joriy yilda so‘ndiriladigan xalqaro obligatsiyalarni qayta moliyalashtirish maqsadida jahon moliya bozorlariga 1,5 milliard dollar miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarildi, dedi vazir majlisda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi mumkin Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi