7 Fevral 2025, 08:56 Eksklyuziv, Iqtisod

O‘zbekiston bir yilda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi

Statistika agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yili qiymati 224,8 mln dollarga teng elektromobil import qilingan.

O‘zbekiston bir yilda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi

O‘zbekiston 2024-yilda xorijdan qiymati 224,8 mln dollarga teng bo‘lgan 24 095 ta elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar reytingida esa Xitoy peshqadam — 23 982 ta. Keyingi o‘rinda esa Qozog‘iston — 51 ta.

Bundan tashqari, Gonkong (17 ta), Germaniya (15 ta), BAA (13 ta) va AQSh (10 ta)dan elektromobillar olib kelingan.

Mashhur yangiliklar