Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
Markaziy bank yil davomida inflatsiyani 9,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda.

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, yillik inflatsiya (2023 yil noyabriga nisbatan) 10 foizgacha pasaydi (bir oy avval bu ko‘rsatkich 10,24 foiz edi), yil boshidan esa (yanvar-noyabr) narxlar o‘rtacha 8,67 foizga oshdi. Markaziy bank yil davomida inflatsiyani 9,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda.
O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 1 foizga oshdi (yillik hisobda — 2 foizga o‘sdi). Nooziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga (8,3 foizga), pullik xizmatlar narxi 0,8 foizga (27,8 foiz) qimmatlashdi.
Go‘sht tannarxining o‘sishi sekinlashdi: suyakli mol go‘shti — 0,3 foiz. Shakar 3 foizga, guruch 5,5 foizga, un 1,2 foizga arzonlashdi.
Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etmoqda va noyabr oyida yana 0,7 foizga oshgan (yil boshidan buyon 25,1 foiz).
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda? Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi Behzod Hamrayev Statistika agentligi direktori etib tayinlandi O‘zbekiston YaIM hajmi 115 mlrd dollarga yetdi Markaziy bank SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi
Soʻnggi yangiliklar







