Mirziyoyev barcha tadbirkorlarga murojaat qildi
Prezident tadbirkorlarning ezgu maqsad bilan ilgari suradigan har qanday gʻoya va tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Prezident videoselektor yigʻilishidagi soʻzining yakunida barcha tadbirkorlarga murojaat qildi:
“Bir fikrni doimo esda tutishlaringizni istar edim. Oʻzbekistonda tadbirkorlik harakati orqaga qaytarib boʻlmaydigan katta kuchga aylandi.
Biz davlat miqyosida qanday katta maqsad va vazifalarni oʻz oldimizga qoʻymaylik, ularni amalga oshirishda butun xalqimiz bilan birga avvalo sizlarga tayanamiz.
Sizlarni Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida hal qiluvchi kuch, deb bilamiz.
Tadbirkorlarimiz qancha boy boʻlsa, xalqimiz shuncha farovon yashaydi, davlatimiz shuncha qudratli boʻladi. Tadbirkorning yutugʻi – bu butun xalqimizning yutugʻi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning ezgu maqsad bilan ilgari suradigan har qanday gʻoya va tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Oʻz navbatida ular ham jamiyatimizning eng ilgʻor vakillari boʻlib, islohotlarimizni yanada ilgari surishda tayanch va suyanch boʻlishiga ishonch bildirdi.
Yigʻilish davomida mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi O‘zbekistonda kelgusi Olimpiadaga tayyorgarlik chun qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi Toshkentda tadbirkorga qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tiliga chiqdi O‘zbekistonda hokimlar va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi
Soʻnggi yangiliklar







