Markaziy bank 10 ta bankni jarimaga tortdi
Markaziy bankning koʻrsatmalari va qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun 1 ta toʻlov tizimi operatori chora va sanksiyalar qoʻllanishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.

Markaziy bank 10 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻlladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2025-yilning yanvar oyidagi yigʻilishlari sarhisob qilingan. Unga koʻra, jami yigʻilishlarda 44 ta masala koʻrib chiqilgan.
Taʼkidlanishicha, bu galgi majlisda roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 36 ta masala koʻrilgan. Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 8 ta masala – Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va toʻlov tashkilotlarida oʻtkazilgan oʻrganish hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga rioya qilinishi ham muhokama qilingan.
Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning koʻrsatmalari va qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun 1 ta toʻlov tizimi operatori chora va sanksiyalar qoʻllanishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 10 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi Markaziy bank SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi
Soʻnggi yangiliklar







