30 Oktabr 2024, 10:49 Iqtisod

Keyingi yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi

2025-yilda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi.

Keyingi yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “2025 yil uchun O‘zbekiston davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va Byudjetnoma ishlab chiqilganini e’lon qildi.

Qonun loyihasida birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun respublika byudjetidan 2025 yilda ajratilayotgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari keltirilgan. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun bu miqdor 6,6 trillion so‘mni so‘mni tashkil etishi belgilanmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari ham keltirilgan.

2025 yilda yalpi ichki mahsulotning 6 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 6,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,1 foizga, bozor xizmatlari 14,5 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda.

2025 yil uchun davlat byudjeti daromadlari 308,5 trln so‘m, xarajatlari esa 344,6 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda.

Mashhur yangiliklar