Kambag‘al oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya to‘lanadi
Kam ta’minlangan oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya oladi.
Endi kam ta’minlangan oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya olishi mumkin. 2024-yilda 1,4 million oila, jumladan, “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali moddiy yordam oluvchilar ham avto ravishda 270 ming so‘m kompensatsiya oladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.
Bu mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. Bir martalik kompensatsiya uchun davlat 370 mlrd so‘m yo‘naltiradi.
Oktabr oxirigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Mahalla” uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar ro‘yxatini shakllantiradi.
Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish uchun davlat yilda bir marta quyidagilar bo‘yicha yordam puli to‘laydi:
- asosiy ro‘yxat bo‘yicha. Unga “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);
- qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).
Agar oila “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan bo‘lsa, kompensatsiya avtomatik ravishda o‘sha kartaga tushadi.
Bir martalik kompensatsiyani qo‘shimcha ro‘yxatdagi kam ta’minlanganlar — boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz onalar, nogironlar va boshqa ehtiyojmandlar ham oladilar.
Pul kartaga 2024-yil 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi