3 Mart 2025, 14:33 Iqtisod

Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi

3-mart kuni soat 10:30 holatiga ko‘ra, Yagona portal orqali 28 mingta ariza jo‘natilgan. Joriy yilgi limit — 30 mingta.

Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi

3-mart kuni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona portal orqali ariza topshirishga start berildi.

Portal matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 3-mart kuni soat 10:30 holatiga ko‘ra, onlayn ariza jo‘natganlar soni 28 mingtaga yetgan.

Uning doirasida uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir qismi qoplashga subsidiya ajratiladi. Foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga mablag‘lar Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lab beriladi.

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovni qoplashga qat’iy belgilangan 30 mln so‘m ajratiladi.

Joriy yilgi dastur doirasida 30 ming nafar talabgorga subsidiya ajratish rejalashtirilgan. Ariza beruvchi o‘z xohishi bilan daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin.

Mashhur yangiliklar