Fuqarolar kredit olishni o‘z-o‘ziga taqiqlashi mumkin bo‘ladi
Bu o‘zgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.

Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Qayd qilinishicha, bu o‘zgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.
Xizmatdan foydalanish uchun Kredit-axborot tahliliy markazi portaliga kirish va avtorizatsiyadan o‘tish lozim. So‘ngra SMS-axborot funksiyasini yoqish talab etiladi. Shundan so‘ng, Freeze xizmatini ishga tushirish kerak. Funksiyadan qanday foydalanish haqida videoqo‘llanma ham yaratilgan. Qayd qilinishicha, xizmat 2025 yil 1 yanvariga qadar bepul ko‘rsatiladi. Xizmatni o‘chirish ham mumkin, bunda onlayn kredit olish imkoniyati tiklanadi.
Mazkur xizmat yoqib qo‘yilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn o‘rgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz bo‘lib qoladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda taksichi va uning sherigi uxlayotgan yo‘lovchi nomiga kredit oldi Davlat banklari oilaviy tadbirkorlik uchun $1 mlrd kredit jalb qiladi Kredit olishdan ixtiyoriy voz kechish mumkin bo‘ladi Xorazmda tadbirkorga 10 mlrd so‘m kredit ajratib berishni aytgan shaxslar ushlandi Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







