25 Dekabr 2024, 19:17 Eksklyuziv, Iqtisod

Davlat qarzining cheklangan hajmi oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi hamda davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.

Davlat qarzining cheklangan hajmi oshiriladi

Davlat byudjetiga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi, Oʻzbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.

Qonun bilan “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, Qonunga ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini bepul taqdim etish, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, Milliy futbol markazini tashkil etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion sanoat zonalarini barpo etish, shuningdek innovatsion va yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi, Oʻzbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda.

Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamgʻarmalarning daromadlari hamda xarajatlari oʻzgartiriladi.

Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlariga muvofiq mablagʻlarning bir qismini maqbullashtirish va ularni qoʻshimcha xarajatlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Mashhur yangiliklar