17 Dekabr 2024, 15:09 Eksklyuziv, Iqtisod

Davlat banklari oilaviy tadbirkorlik uchun $1 mlrd kredit jalb qiladi

Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholini ish bilan ta’minlash kutilmoqda.

Davlat banklari oilaviy tadbirkorlik uchun $1 mlrd kredit jalb qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning yangi imkoniyatlarini belgilab berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan olti yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida to‘lab, daromadli biznesga ega bo‘lgan. Shundan 58 ming nafari yangi korxona ham ochgan.

Prezident qaroriga (PQ-312) muvofiq, kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlariga 100 million so‘mgacha bo‘lgan garovsiz mikrokreditlar ajratiladi. Biroq oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha kredit olib, o‘z vaqtida qaytargan fuqarolar ushbu qaror asosida kredit ololmaydi. Sababi ularga shaxs sifatida qaraladi.

Endi banklar mana shunday sinovdan o‘tgan mijozlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni kichik va o‘rta biznes darajasiga olib chiqishi kerak, ta’kidladi prezident. Ularga “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida 300 million so‘m miqdorida shartsiz kredit ajratiladi.

Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholini ish bilan ta’minlash kutilmoqda.

Mashhur yangiliklar