Banklarda dollar kursi birinchi marta 12 925 so‘mga ko‘tarildi
O‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan yil boshidan buyon 4,26 foizga qadrsizlandi.
O‘zbekiston Markaziy banki 29 noyabrdan boshlab o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 12 865 so‘m deb belgiladi. Bu – bir kun oldingidan 16,67 so‘mga yuqori. Rasmiy kursning oshishi fonida tijorat banklarida dollar kursi ilk marta 12 925 so‘mgacha ko‘tarildi.
O‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan yil boshidan buyon (2024 yilning ilk ish kunida kurs 12 338,77 so‘m edi) 4,26 foizga qadrsizlandi.
Rasmiy kurs aprel oyida 12 700 so‘mdan, oktyabr oyida esa 12 800 so‘mdan oshgandi. Ma’lumot uchun, Markaziy bank belgilaydigan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Fuqarolarga beriladigan bank kartalari soniga limit qo‘ylishi mumkin To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi Tijorat banklarida dollar sotuv kursi 13 000 so‘mga yaqinlashshdi 2027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 mlrd dollarga yetishi mumkin Markaziy bank 7 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi