Toshkentda ayrim aholi elektrsiz qoladi
Mutaxassislar kapital ta’mirlash ishlarini olib boradi.

24-iyun kuni Toshkentning Bektemir tumanida aholining bir qismi elektr ta’minotisiz qoladi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar kapital ta’mirlash ishlarini olib boradi. Soat 9:00 dan 17:00 gacha bir qator hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- “Abay” mahallasi — Katta ariq, Muxtor Avezov, Qo‘qon darvoza, Husayn Boyqaro, Bilol Nozim ko‘chalari;
- “Husain Boyqaro” mahallasi – Bilol Nozim ko‘chasi (36, 38, 40, 42, 44, 46, 48-uylar);
Iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq Energetika vazirligi O‘zbekistondagi elektr ta’minotidagi uzilishlarni Qozog‘istondagi avariya bilan izohlagani xabar qilingandi. Qo‘shni davlatda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘iga zarar yetkazgan dovul kuzatildi.
Izohlar