Xorazm viloyatida Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilib halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.

Hodisa 6-yanvar kuni ertalab Urganch tumani “Beruniy” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan Nexia haydovchisi shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia haydovchisi yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, daraxtga urilgan.

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Yo‘lovchi sifatida mashinada bo‘lgan otasi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga Nexia haydovchisining belgilangan tezlikni oshirishi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yuk mashinasi ikkita yengil avtomobil bilan to‘qnashib, ag‘darilgandi. YTH oqibatida yo‘lda tirbandlik yuzaga keldi.