Xorazmda Markaziy bank tomi yonib ketdi
Jabrlanganlar yo‘q.

Xorazm viloyatida 22-may kuni markaziy bank binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Urganch shahrining “Tinchlik” ko‘chasida joylashgan markaziy bankda sodir bo‘lgan. Yong‘in taxminan 80 kvadrat metr maydonda sodir bo‘lgan, soat 17:16 da binoning tomi qulab tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:20 da voqea joyiga yetib borgan. Mutaxassislar yong‘inni soat 17:48 da qurshab olib, 18:18 da batamom o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Avvalroq Toshkentda yangi qurilgan uyning ko‘p qavatli binosi yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Izohlar