Hodisa

Xorazmda ayrim fuqarolar somonni yoqib, havoni ifloslantirgani aniqlandi

Viloyat prokuraturasi xodimlari va ekologlar tekshiruv o‘tkazib, aybdorlarni jazolagan.

Xorazmda ayrim fuqarolar somonni yoqib, havoni ifloslantirgani aniqlandi

17-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda kimdir somonni yoqib, havo sifatini buzayotgani haqidagi ma’lumot tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi izoh berdi.

Viloyat prokuraturasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi viloyat bo‘ylab tezkor reyd tadbirlarini o‘tkazdi. Reydlar davomida mutaxassislar Urganch va Xonqa tumanlarida o‘simlik qoldiqlarini bir joyga to‘plab, ochiq olovda yoqib yuborayotgan bir qator qonunbuzarliklarni aniqladi.

Aniqlangan holat yuzasidan Urganch tumanida yashovchi 3 nafar va Xonqa tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi (Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 125 000 so‘m miqdorida jarima solindi.

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya vazirligi va Bosh prokuratura Toshkentdagi issiqxonalarni tartibga solishga chaqirilgandi. Poytaxt atrofidagi issiqxonalarning yarmidan ko‘pi shinalarni yoqib yubormoqda.

Izohlar

Mavzuga oid