Xorazm viloyatida qishloqqa chiyabo‘ri kirib qoldi
Mutasaddi idoralar tomonidan aholini yovvoyi hayvondan himoya qilish maqsadida ishchi guruh tashkil etilgan.

28-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdagi qishloqqa chiyabo‘ri kirib qolgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, aholi shoqolga ko‘zi tushgan hudud Urganch tumani “Chandirqiyat” qishlog‘i “Baqaylar” mahallasi hududi ekan.
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida ovchilar guruhi tuzilib, muhofaza ishlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Andijondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida fuqaro noqonuniy ravishda ikkita bo‘rini saqlagandi. Erkak hayvonlarni o‘z ixtiyori bilan mahalliy hayvonot bog‘iga topshirgan.
Izohlar