Hodisa

Urganchda ikki o‘smir yetti qavatli uyning tomidan tushib ketib, halok bo‘ldi

BP ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘z joniga qasd qilish deb baholanmoqda.

7-iyul kuni Urganchda 15 va 16 yoshli ikki qiz 7 qavatli uyning tomidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi, Bosh prokuratura ma’lumotni tasdiqlab, bu o‘z joniga qasd qilish bo‘lganini ta’kidladi.

7-iyul kuni soat 08:15 da Urganch shahar IIB navbatchilik qismiga Nurli hayot ko‘chasida joylashgan 7 qavatli uyning tomidan ikki kishi o‘zini tashlagani haqida xabar kelib tushgan.

O‘tkazilgan tekshiruvda o‘z joniga qasd qilgan qizlar voyaga yetmagan 2009-yilda tug‘ilgan D.S. va 2010-yilda tug‘ilgan S.B.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda sakkizinchi sinf o‘quvchisi darsdan qochib, o‘z joniga qasd qilgandi. O‘quvchi qizning o‘limi sabablari va shart-sharoitlari aniqlanmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная