Hodisa

Turkiyada o‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi erkakka pichoq bilan hujum qildi

Hujumdan so‘ng yigit qochib ketgan, jabrlanuvchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

22-avgust kuni Turkiyada 13 yoshli o‘zbekistonlik yigit singlisining yigitiga pichoq bilan hujum qildi, deb xabar bermoqda NTV.

Voqea Oqsaroy shahrida bir yigitning uyi oldida sodir bo‘lgan. Bola va singlisining 26 yoshli yigiti o‘rtasida janjal kelib chiqib, mushtlashuvga aylangan. Shunda maktab o‘quvchisi pichoqni olib, erkakka bir necha marta zarba bergan va qochib ketgan. Jabrlanuvchi ko‘krak qafasi jarohatini olib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Qizning o‘zi shovqin-suronga yugurib chiqib, sevgilisini behush holda ko‘rib qoladi va tez yordam chaqiradi. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholamoqda. Politsiya tergov boshladi va tez orada shahar bog‘laridan birida o‘smirni qo‘lga oldi. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘zbekistonlik migrant maktab o‘quvchisiga hujum qilgandi. Erkak qizga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlarni sodir etgan, jabrlanuvchi qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная