
Turkiyada oʻzbekistonlik ayol turmush oʻrtogʻini oʻldirishi tafsilotlari maʼlum boʻldi
Asosiy gumondor aybsiz boʻlib chiqishi mumkin.

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi oʻz turmush oʻrtogʻini oʻldirganlikda gumonlanib qoʻlga olingan Oʻzbekiston fuqarosi ishi yuzasidan izoh berdi.
Idora ishni nazoratga oldi va gumonlanuvchi sifatida aynan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan ayol qoʻlga olinganini tasdiqladi, biroq bir qator holatlar batafsilroq tekshiruvni talab qiladi. Qoʻlga olingan ayolning qarindoshlari va advokatining soʻzlariga koʻra, marhum Turkiya fuqarosi spirtli ichimliklar ichib, xotinini tez-tez kaltaklagan.
Fojia paytida xonada boshqa odamlar ham boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, erkak turmush oʻrtogʻini boʻgʻayotgan vaqtida orqasidan pichoqlangan. Bu zarba boshqa odam tomonidan berilgan boʻlishi mumkinligini nazarda tutadi.
“Hozirda vatandoshimizga zarur konsullik-huquqiy yordam ko’rsatilmoqda va unga advokat biriktirilgan. Mazkur holat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, voqea 6-aprel kuni Qartol tumanida sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, ayol 42 yoshli turmush oʻrtogʻi bilan janjallashib qolgan va uni pichoq bilan jarohatlagan. Keyin taksi chaqirib, “erim kasal boʻlib qoldi, shifoxonaga borishim kerak,” deb olib borib qoʻyishni soʻradi. Taksi haydovchisi qonga belangan erkakni koʻrib, 112 raqamiga qoʻngʻiroq qilgan.
Soʻnggi yangiliklar







