“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari yarim yildan so‘ng qamoqdan chiqdi
Avvalroq u yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq keyinroq hukm o‘zgartirilgan.

7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev 6 oydan so‘ng ozodlikka chiqarildi.
Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atining tegishli qarori 2025-yil 5-iyunda qabul qilingan. Unga ozodlikdan mahrum qilish o‘rniga 4,5 yil muddatga ozodlikni cheklash, shuningdek, 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” tizimida moddiy javobgarlik va boshqaruv lavozimlarida ishlash taqiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi erkakni o‘g‘irlik, korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topgandi. Anvar Jo‘rayev bilan birga 20 kishi jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi bo‘lgan. O‘shanda transport kompaniyasining sobiq rahbari yetti yil-u olti oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Izohlar