Toshkentning uchta tumani aholisi vaqtincha gazsiz qoladi — manzillar
Gaz ta’minoti kechgacha to‘xtatiladi.

11-iyun kuni Toshkentning Sergeli, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz poytaxt” axborot xizmati.
Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi joylarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Sergeli tumani: “Qutbaraka” MFYda soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Chingeldi” MFYda soat 10:00 dan 18:00 gacha;
- Yakkasaroy tumani: “Yunus Rajabiy” MFYda soat 10:00 dan 18:00 gacha.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanishi ma’lum qilindi.
Avvalroq O‘zbekistonda elektr va gaz uchun kompensatsiya olish uchun arizalar qabul qilish boshlangani haqida xabar berilgandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi to‘lovni qanday olish mumkinligini ma’lum qilgan.
Izohlar